Nigina Abduraimova bosh sovringa yaqinlashmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Tajribali tennischimiz Nigina Abduraimova Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan o‘tkazilayotgan "Shymkent Open - 2018" turnirining yarim finaliga chiqdi.
 
Nigina chorak final bahsida belaruslik Anna Kubareva bilan kuch sinashib, yakunda 6:4, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Endi u final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun rossiyalik Varvara Flinkga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur uchrashuvda tennischimizga omad tilab qolamiz.
 
Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!