Nigina Namanganda yolg‘iz qoldi

  • 6 iyun, 2017, 21:04
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
 

Namanganda tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida xalqaro turnir boshlandi.

Bu musobaqada o‘zbekistonlik tennischi qizlarning aksariyati uchun murakkab turnirga aylandi. Bellashuvlarga kirishgan hamyurtlarimizning deryali barchasi raqiblariga imkoniyatni boy berdi.

Hatto birinchi raqamda saralangan Sabina Sharipova ham rossiyalik Anastasiya Frolovaga imkoniyatni boy berib, birinchi davradanoq ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, Kamola Umarova, Oqgul Omonmurodova, Polina Merenkova, Yasmina Karimjonova, Valentina Shleyn hamda Arina Folts kabi tennischilarimiz ham mag‘lubiyatini oldi.

Namangan turnirining birinchi bosqichidan faqatgina Nigina Abduraimova muvaffaqiyatli o‘tdi. Iste’dodli tennischimiz birinchi o‘yinida rossiyalik Anastasiya Gasanovani 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bir o‘zi muxlislar ishonchini oqlashga harakat qiladigan bo‘ldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!