
Nivaldo: Jon deb "Lokomotiv"da qolgan bo‘lardim, lekin...
Xabaringiz bor, bundan bir necha kun avval “Lokomotiv” klubida to‘p surgan braziliyalik hujumchi Nivaldo Rodriges jamoani tark etdi. U Toshkentliklar safiga Belorussiyaning “Dinamo-Brest” jamoasidan qo‘shilgandi. Olti oylik hamkorlikdan keyin Nivaldo yana belorussiyaliklar safiga qaytib ketdi.
Braziliyalik hujumchi SPORTS.uz muhbiri bilan uyushtirilgan eksklyuziv suhbat davomida “Lokomotiv”da qolishni juda ham xohlagani haqida gapirib o‘tdi.
“Tushuning, ijara shartnomasi bor yo‘g‘i olti oyga tuzilgandi xolos. Muddat bir zumda o‘tib ketdi. Ustiga-ustak “Dinamo-Brest”dagilar kelishuvni uzaytirishni istashmadi. Shuning uchun ortga qaytishimdan boshqa chora qolmagandi. O‘zimga qolsa, “Lokomotiv”da yana jon deb qolgan bo‘lardim. Ammo brestliklar buni xohlamaganlari tufayli ketishimga to‘g‘ri keldi.”, - deydi Nivaldo.
Tajribali hujumchi bilan uyushtirilgan suhbatni tez orada saytimizda o‘qiysiz. Bizdan uzoqlashmang!
Fikrlar