Nokautchi Shohjahon Ergashevdan yangilik!
Professional ringda o‘nta jangning barchasini nokaut bilan yakunlagan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev ning faoliyati ko‘plab muxlis-u mutaxassislar e’tiborida turibdi.
Iste’dodli bokschimiz ko‘pchilik charm qo‘lqop ustalari orzu qilgan AQShda faoliyat ko‘rtsatish uchun "Showtime" telekanali bilan shartnoma imzolagan.
Aslida bokschimiz 4 avgust kuni AQShdagi ilk uchrashuvini o‘tkazishi kerak edi. Biroq, jarohatidan to‘liq qutilmagani uchun bu bahs qoldirildi. Shohjahonning AQShdagi ilk jangi sentyabr oyi oxirida bo‘lishini xabar qilgan edik.
Shohjahon SPORTS.uz axborot portali bilan bog‘lanib, faoliyatida ajoyib siljish bo‘layotganini aytdi.
- 21 avgust kuni Moskvaga uchaman, - deydi Shohjahon Ergashev SPORTS.uz muxbiriga. - Menejerim shu sanaga bilet jo‘natdi. Uning aytishicha, o‘n kun Moskvada shug‘ullanadi va shundan keyin AQShga yo‘l oladi
Shohjahon faoliyatida yana yangiliklar bo‘lishi bilan SPORTS.uz axborot portali orqali muxlislariga etkazishini ma’lum qildi.
Saytimizni kuzatishda davom eting!

Fikrlar