Nokautchi bokschimiz Filippinda ringga chiqadi
Professional ringdagi faoliyatini shu yilning 29 yanvar kuni boshlagan Davron Quronboev ikkinchi jangini ham Filippinda o‘tkazadigan bo‘ldi.
Iste’dodli bokschimiz SPORTS.uz axborot portaliga navbatdagi jangini ertaga Alexandro Lavasga qarshi o‘tkazishini ma’lum qildi.
Davron Quronboev ilk uchrashuvini ham Filippinda o‘tkazib, mezbonlar vakili Arbin Eskayani nokaut qilgan edi.
Bo‘lajak jangda hamyurtimizga g‘alaba tilaymiz!

Fikrlar