
OFK rasmiy sayti: Ikrom Aliboev Osiyo kubogida o‘zini ko‘rsatadi
BAAda o‘tadigan Osiyo kubogida ham o‘zini ko‘rsatishi kutilayotgan mazkur futbolchilar orasidan "Lokomotiv" futbolchisi Ikrom Aliboev ham o‘rin oldi.
Quyida mazkur maqolaning biznikilarga tegishli joyini e’tiboringizga havola etamiz.
2018 yil U23 Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan yarim himoyachi Odiljon Xamrobekov, fullbek Akramjon Komilov va pleymeyker Javohir Sidiqov kabi o‘sib borayotgan yoshlarga e’tibor kuchaydi.
Ammo jamoada Ikromjon Aliboev ko‘proq tarozi bosdi. "Lokomotiv" yarim himoyachisi himoyaga yordam beribgina qolmay, Osiyo o‘yinliring eng yaxshi ikkinchi to‘purari bo‘ldi - 5 ta o‘yinda shuncha gol.
24 yoshli futbolchi "oq bo‘rilar"ning 2019 yil Osiyo kubogidagi eng muhim futbolchisidan biri bo‘lsa, ajab emas.
Siz nima deysiz?
Fikrlar