
Oksana Chusovitinadan navbatdagi chempionlik
Xabar berganimizdek, Xorvatiyaning Osiek shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha musobaqaning ayollar toifasida tayanib sakrash mashqi bo‘yicha final bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, saralashda eng yuqori ball jamg‘arib, hal qiluvchi bahsga yo‘llanma olgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina finalda ham tengsiz ekanligini yana bir karra namoyish qildi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar sloveniyalik Tyasa Kisselef hamda rossiyalik Viktoriya Trikinaga nasib etdi.
Fikrlar