Oleg Zoteevga xorijdan takliflar bor

  • 13 dekabr, 2018, 11:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lokomotiv” klubining himoyachisi Oleg Zoteev joriy mavsumni barqaror o‘tkaza olgan futbolchilardan biri bo‘ldi. U hattoki, terma jamoa ustozi Ektor Kuperning ham ishonchiga kirib borayotgani uchun doimiy ravishda yig‘inlarga chaqirilmoqda. Buning ustiga futbolchi “Lokomotiv”ning chempionlikni qo‘lga kiritishida ham katta hissasini qo‘shdi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, Zoteev ushbu chempionatda “Loko” tarkibida 28 ta o‘yin maydonga tushdi bitta golga mualliflik qildi. Chap qanot himoyasida to‘p surgan Oleg doimiy ravishda jamoasining hujum chizig‘i bilan bog‘lovchilik vazifasini bajarib keldi. Hozirda ta’tilda bo‘lib turgan o‘yinchining “Lokomotiv” bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etib boryapti. Yaqin orada erkin agentga aylanadigan futbolchiga boshqa klublardan takliflar kelib tushmoqda. O‘zining aytishicha, yangi mavsumni biror-bir xorij chempionatida legioner sifatida o‘tkazish niyati bor. Ayni paytda esa unga Eron hamda Rossiya birinchi divizionidan aniq taklif bor. Biroq Oleg Zoteev hozirdan xulosa chiqarishga shoshilmayapti. O‘zining aytishicha, Osiyo Kubogidan so‘ng keyingi faoliyati borasida aniq to‘xtamga kelmoqchi. Ungacha esa futbolchi bor e’tiborini milliy terma jamoaga qaratmoqchi. Ammo keyingi faoliyatini xorijda davom ettirish istagi yuqori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!