
Olga Graf Olimpiadada ishtirok etishdan bosh tortdi
Konkida yugurish bo‘yicha Rossiya terma jamoasi a’zosi Olga Graf 9 fevral kuni Janubiy Koreyada start oladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi doping mojorolariga aralashmagan rus atletlariga Olimpaidada neytral bayroq ostida ishtirok etish uchun taklif jo‘natmoqda. Ana o‘sha taklif qilinganlar orasida Olga Graf ham bor. Biroq 34 yoshli ushbu atlet XOQning taklifini rad etdi.
"XOQ meni "toza" sportchilar qatorida Olimpaidaga taklif qilganimdan mamnunman. Lekin neytral bayroq ostida Olimpiadaga borishni istamayman. Shuningdek, men kabi halol raqobat qiladigan ko‘plab sheriklarim Olimpiadadan chetda qoldi. Bu hol Koreyaga borish istagimni so‘ndirgan yana bir omil", – deydi Olga Graf.
Ushbu sportchi Sochi olimpiadasida Rossiya terma jamoasi uchun ilk Olimpiada medalini olib kelgan atlet edi. Uning hisobida Olimpiadaning ikkita bronza medali bor.
Fikrlar