Olimjon AQShda faqat engilmas bokschilar bilan jang qilmoqda

  • 16.02.2017 09:08
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonlik professional bokschi Olimjon Nazarov faoliyatini AQShda davom ettirmoqda. Professional ringga 2008 yili qadam qo‘ygan hamyurtimiz o‘tgan yildan buyon Amerikadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda.

 

Eng e’tiborlisi, Olijon Nazarov AQShda ikkita jang o‘tkazib, raqib sifatida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschilarga qarshi ringga chiqdi. Har ikki uchrashuvda ham o‘zbek bokschisi mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Olimjon Nazarov 17 fevral kuni bo‘ladigan navbatdagi jangini professional ringda hali engilmagan dominikanlik Dagoberto Agueroga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu bokschi 10 ta uchrashuvning barchasida zafar quchgan. Raqiblarini sakkiz marotaba nokautga uchratgan.

O‘zbekistonlik bokschi esa 14 ta g‘alaba, sakkizta nokaut, to‘rtta mag‘lubiyat qayd etgan.

Olimjon Nazarov va Dagoberto Aguero o‘rtasidagi reyting jangi olti raund qilib belgilandi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!