Oliy Liganing o‘rtacha yoshini bilasizmi? (1-qism)
Oliy Liganing bu mavsumdagi o‘rtacha yoshi nechada bilasizmi? Mavsumning eng yosh jamoasinichi? Joriy mavsumda qayd etilgan eng yosh futbolchi kim ekanligidan xabardormisiz?
Oliy Liganing yangi mavsum “karvoni” yo‘lga chiqqaniga ham mana 3 tur bo‘ldi. Shundan buyon musobaqa jadvalida kutilmagan o‘zgarishlar va natijalar ko‘plab kuzatildi. Xususan, o‘tgan mavsumda etakchi klublarning haqiqiy bosh og‘rig‘iga aylangan “Buxoro” so‘nggi turda o‘z maydonida “Obod”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, o‘tgan mavsumni birinchi ligada o‘tkazgan “Dinamo” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etgan holda, 17 yillik tarixni yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Xo‘sh, ana shunday kutilmagan natijalarga boy Oliy Liga jamoalarining joriy mavsumdagi o‘rtacha yoshi qanchani tashkil etadi? Shu va boshqa savollarga quyida javob topishga harakat qilamiz.

Joriy mavsumda Oliy Ligada ishtirok etayotgan 16 ta klub ichidagi eng yosh jamoa “Bunyodkor” hisoblanadi. “Qaldirg‘ochlarning” o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi 20,15 yoshni tashkil etmoqda. Xususan bu ko‘rsatkichlar chiziqlar bo‘ylab qayd etilganda, darvoza chizig‘i – 23,5, himoya – 19,5(!), yarim himoya – 21 va hujum chizig‘i 22 yoshni tashkil etadi. Shuningdek, legionerlarning umumiy yoshiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich 31,5 yoshni tashkil etishini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlarni boshqa jamoalar bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:

Lokomotiv: 39 nafar futbolchi.
Umumiy o‘rtacha yosh: 24,17 yosh;
Darvozabonlar: 29,1 yosh;
Himoyachilar: 22,55 yosh;
Yarim himoyachilar: 24,10 yosh;
Hujumchilar: 25 yosh;
Legionerlar: 24,6 yosh.

Nasaf: 41 nafar futbolchi.
Umumiy o‘rtacha yosh: 21,6 yosh;
Darvozabonlar: 21,6 yosh;
Himoyachilar: 23,8 yosh;
Yarim himoyachilar: 20,7 yosh;
Hujumchilar: 20,7 yosh;
Legionerlar: 28,5 yosh.

Buxoro: 42 nafar futbolchi.
Umumiy o‘rtacha yosh: 23,97 yosh;
Darvozabonlar: 26 yosh;
Himoyachilar: 22,4 yosh;
Yarim himoyachilar: 24,9 yosh;
Hujumchilar: 24 yosh;
Legionerlar: 26,5 yosh.

Paxtakor: 39 nafar futbolchi.
Umumiy o‘rtacha yosh: 22,3 yosh;
Darvozabonlar: 22;
Himoyachilar: 24 yosh;
Yarim himoyachilar: 22,8 yosh;
Hujumchilar: 20 yosh;
Legionerlar: 28,5 yosh.

Qizilqum: 45 nafar futbolchi.
Umumiy o‘rtacha yosh: 24,4 yosh;
Darvozabonlar: 27 yosh;
Himoyachilar: 23 yosh;
Yarim himoyachilar: 25,6 yosh;
Hujumchilar: 22,3 yosh;
Legionerlar: 28,5 yosh.

Metallurg: 37 nafar futbolchi.
Darvozabonlar: 23,5 yosh;
Himoyachilar: 24,7 yosh;
Yarim himoyachilar: 22,6 yosh;
Hujumchilar: 22,8 yosh;

Mash’al: 38 nafar futbolchi.
Darvozabonlar: 23,9 yosh;
Himoyachilar: 25,3 yosh;
Yarim himoyachilar: 22,7 yosh;
Hujumchilar: 29,8 yosh;
Legionerlar: 23,6 yosh.
Yuqorida ko‘rib turganingizdek, Oliy Liga jamoalarida joriy mavsumda to‘p suradigan 8 jamoa tarkibining yosh ko‘rsatkichlari ana shunday ko‘rinish olgan. Maqolamizning keyingi qismida mavsum qaydnomasiga kiritilgan eng yosh va eng faxriy futbolchi, shu bilan birgalikda eng yosh darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi, shuningdek, legioner futbolchi bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Fikrlar