Osiyo kubogi: O‘zbekiston - Ummon uchrashuvidan fotoreportaj

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

BAAda davom etayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogini O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba bilan boshladi.

"F" guruhida vakillarimiz ilk turni Ummon termasiga qarshi o‘tkazib, qiyinchilik bilan so‘nggi daqiqalarda g‘alaba ilib ketishdi.

Birinchi bo‘limning 34-daqiqasida Odil Ahmedov jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqada Mohsin Al-Hassani oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Biroq Ektor Kuperning bir qator o‘zgarishlari o‘z samarasini berdi va Marat Bikmaev o‘rniga maydonga tushgan Eldor Shomurodov 85-daqiqada g‘alaba to‘piga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, guruhning birinchi uchrashuvida Yaponiya termasi Turmaniston futbolchilarini 3:2 hisobida mag‘lub qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
telefon sozlash ремонт сотовых телефон
09/01/2019 21:05
Odil Axmedov eng chiroyli gol muallifi bo‘ldi.
telefon sozlash ремонт сотовых телефон
09/01/2019 21:00
Gap yo‘q zo‘r o‘yin bo‘ldi.