Otabek Xolmatov jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi
Ayni damda Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida chorak final uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida ketma-ket g‘alabaga erishayotgan Otabek Xolmatov zafarli yurishini davom ettirib, yarim finalga etib keldi.
Iqtidorli bokschimiz bugun bo‘lib o‘tgan chorak final bellashuvida Dominikan Respublikasi vakili Luis Reynaldo Nunes Moskuega qarshi ringga ko‘tarilib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
Endi Otabek yarim final jangini 25 noyabr kuni o‘tkazadi.

Fikrlar