
O‘zbekiston - Ummon. Zaxira kuchlari o‘z mevasini berdi
"Sharja" stadionida kechgan uchrashuvda termamiz 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. E’tiborlisi, bellashuvda kiritilgan 3 golning ikkisi zaxiradan maydonga tushgan futbolchi tomonidan kiritildi.
Dastavval 67-daqiqada Pim Verbek tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan Muhsin Al Hassani oradan 5 daqiqa o‘tib, Ignatiy Nesterov bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozamizni ishg‘ol etdi.
83-daqiqada esa Ektor Kuper Marat Bikmaev o‘rniga Eldor Shomurodovni maydonga tashladi. Buni qarangki, Eldor oradan ikki daqiqa o‘tiboq jamoamizning ikkinchi golini kiritishga erishdi. Qizig‘i, Shomurodovga to‘pni yana bir zaxiradan maydonga tushgan futbolchi - Ikrom Aliboev uzatgan edi.
Fikrlar