O‘zbekiston bokschilari janglarga Xitoyda tayyorlanmoqda

  • 05.04.2017 21:20
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoyning Xebey viloyatida mazkur mamlakat va O‘zbekiston bokschilari ishtirokida maxsus o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari boshlandi.

 

Xitoyliklar bu mashg‘ulot yig‘iniga mamlakatimizning eng kuchli bokschi qizlarini taklif etgan.

O‘zbekiston boks federatsiyasidan SPORTS.uz axborot portaliga xabar berishlaricha, yig‘inda jami 10 nafar bokschi – Fotima Tursunboeva, Tursunoy Rahimova, Aziza Yoqubova, Rayhona Qodirova, Gulnoza Rahmatova, Yodgoroy Mirzaeva, Maftuna Melieva, Nafisa Asqarova, E’zoza Melieva, Gavhar Mirzaeva ishtirok etmoqda.

Qo‘shma m ashg‘ulotlar jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlik bo‘yicha olib borilmoqda.

Bu bokschilarimiz mamlakatimiz terma jamoasi safida jahon va qit’a miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

 

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!