O‘zbekistonlik jang san’ati ustasi kuchli raqibni engdi
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida MMA WEF 29 Global 7 & AFCA musobaqasi o‘tkazildi.
Keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqaning 75 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Mansur To‘g‘izboev qozog‘istonlik Arslan Ravshanbekovga qarshi jang o‘tkazdi.
Ushbu jangda raqibidan har tomonlama ustunlikka ega bo‘lgan sportchimiz raqibini mag‘lubiyatga uchratib, zafar quchdi.
- Qozog‘istonlik raqibimga qarshi jang men uchun muvaffaqiyatli o‘tganidan xursandman, - dedi Mansur To‘g‘izboev SPORTS.uz axborot portali muxbiriga. - O‘z vazn toifamda tushmagan bo‘lsam-da, g‘alabani qo‘lga kiritdim. Aslida 70 kilogramm vazn toifasida qozog‘istonlik Doniyor Kulovga qarshi ringga ko‘tarilishm kerak edi. Biroq u menga qarshi jang o‘tkazishdan bosh tortdi va men o‘zimdan vazni og‘ir jang ustasi - 75 kilogramm vazn toifasida Arslan Ravshanbekov bilan bahslashdim. Kelgusi bellashuvlarimda ham g‘alabaga erishishga bor kuch-g‘ayratimni ishga solaman.
MMA WEF 29 Global 7 & AFCA musobaqasi doirasida jami 16 ta jang tashkil etildi.








Fikrlar