O‘zbekistonlik suzuvchi Italiyada rekord o‘rnatdi

CHERY AUTO

Italiyada suzish bo‘yicha o‘tkazilgan “Tiro a volo nuoto” an’anaviy xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchilar to‘rtta oltin va to‘rtta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Tecno
 

Rim shahri mezbonlik qilgan xalqaro turnirda Artyom Kozlyuk 200 metrga batterflyay usulda suzishda 2 daqiqayu 01,07 soniya natija bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi va mazkur xalqaro turnirning rekordini yangiladi. Iqtidorli sportchimiz 50 metrga batterflyay usulida suzish bahsida ham tengsiz ekanini isbotladi. U belgilangan masofani 24.45 soniyada suzib o‘tib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 100 metrga batterflyay usulida suzishda esa 54,04 soniya natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Aleksey Tarasenko ham turnirda muvaffaqiyatli qatnashdi. U 50, 100 va 200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bahslarda uchta kumush medal bilan taqdirlandi.

Terma jamoamiz a’zosi Xurshidjon Tursunov 100 va 200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bahslarda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning har ikki yo‘nalishda qayd etgan natijasi xalqaro turnirning yangi rekordi sifatida e’tirof etildi.

Joriy yilning 14-23 iyul kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida jahon chempionati o‘tkaziladi. Unda Xurshidjon Tursunov, Aleksey Tarasenko, Artyom Kozlyuk va Daniil Bukin Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!