
O‘zbekistonning eng iqtidorli shaxmatchilari aniqlanadi
Maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi. Ushbu musobaqada 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan yosh shachmatchilarmiz bellashishadi.
Musobaqa shaxmatning standart, rapid va blits shakllarida o‘tkazilishi kutilmoqda.
Chempionatda shaxmatning standart turi shveytsar sistemasiga asosan 7 turda o‘tkaziladi. Bunda ishtirokchilarga 1,5 soatdan vaqt beriladi va har bir yurishdan so‘ng 30 sekund qo‘shib boriladi.
Rapid bo‘yicha ham shveytsar sistemasi asosida 7 turda shaxmatchilarning iqtidori belgilanadi. Qatnashchilarga 15 daqiqa vaqt ajratiladi hamda har bir dona surishdan so‘ng 10 sekunddan qo‘shilib boradi.
Musobaqaning blits turi ham 7 turda o‘tkaziladi va har bir shaxmatchiga 5 daqiqadan vaqt beriladi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz.
Irodabonu AVVALBOEVA tayyorladi
Fikrlar