O‘ziga xos El-Klassiko

  • 28 oktabr, 2018, 11:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyada o‘tkaziladigan navbatdagi shou o‘ziga xos yangiliklarga to‘la o‘tishi kutilmoqda. Masalan:

● El-Klassikoni nisbatan erta boshlanishiga qaramay chiptalar narxi ancha qimmatlashgani futbolga qiziqishni pasaytirmadi

● O‘ziga xos to‘pning maydonda joylashuvini kuzatib boruvchi mikrofonlarni faollashtiruvchi texnologiya joriy qilinmoqchi

● Messi va Ronaldusiz Klassikoda kim qahramon bo‘ladi? Bu haqiqiy jumboq

● Mazkur El-Klassikoni o‘ziga xos yana bir jumbog‘i shuki, ikkala jamoada ham saviya jihatdan bir biriga yaqin mutaxasislar ishlamoqda. Biri o‘ta tavakkalchi yoki o‘ziga haddan tashqari ishongani uchunmi, yoki hali grand jamoa saviyasiga tayyor bo‘lmagan Lopetegi.

Biri bo‘lsa, rotatsiya qilishni suymaydigan, jamoada bir xillikni yoqlaydigan Valverde. Jamoaviy va jismoniy jihatdan ustunlik "Barselona"da, lekin jamoa hujumkorligi oldingidek tajovuzkor emas, shuningdek Barselona himoyalanishda La Ligada juda yomon o‘ynamoqda. So‘nggi turda "Sevilya"ni 4-2 hisobda maglub etgan bo‘lsada, darvoza to‘sini va Ter Shtegenning qahramonligi "Barselona" uchun qo‘l keldi.

Navbatdagi El-Klassikoda kim yutishi har doimgidanda jumboq. Lekin bu safargi qarama-qarshilik o‘yinda nima bo‘lishidan qat’i nazar "qirollik klubi" foydasiga xizmat qiladi.

"Real" mag‘lub bo‘lsa, Lopetegi iste’fosi "Real" uchun yangi chaqiruv bo‘lishi, yangi murabbiy bilan o‘zini tiklab olishi tezlashishi mumkin.

O‘yin "Real" foydasiga hal bo‘lsa, jamoa yanada jipslashishi va keyingi o‘yinlarda psixologik ustunlikka erishish imkoniga ega bo‘ladi.

Madridliklar qishgacha EChLda qiyin guruhga tushmagani hisobga olinsa (klublar o‘rtasidagi JCh ham shu jumladan), klubni u qadar og‘ir o‘yinlar kutayotgani yo‘q. Qishki tanaffus ular uchun oldingiday saviyaga chiqishlari uchun haqiqiy imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!