Pakyao chempionlik jangi uchun 20 million dollar so‘radi

  • 03.01.2017 11:35
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Professional boksning WBO yo‘nalishi bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasi chempioni, filippinlik Menni Pakyao (57-5-2, 38 KO) shu yo‘nalishdagi birinchi yarim o‘rta vazn chempioni, amerikalik Terens Krouford (25-0, 17 KO) bilan jang qilishi uchun 20 million AQSh dollari miqdorida gonorar talab qilmoqda.
 
- Agar Top Rank Pakyaoning Krouford bilan jang qilishini istasa, Menni bunga tayyor, - dedi bokschining maslahatchisi Mayk Konts. - Biroq, buning uchun tashkilot Menni Pakyaoga 20 million AQSh dollari miqdorida gonorarni kafolatlashi kerak.
 
 
Shuningdek, agar jang tashkil etiladigan bo‘lsa, shu yili martdan maygacha o‘tkazilishi lozim. Chunki Filippin senatida ham faoliyat yuritayotogan Menni Pakyao bu muddatda ish joyidan ta’tilga chiqadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!