Paris United‏: MYu Orening transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 31 iyul, 2017, 13:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hamon PSJ himoyachisi Serj Oreni o‘z safiga qo‘shib olish fikridan qaytmayapti.

Paris United nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra “qizil iblislar” 24 yoshli afrikalik futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Ma’lumotlarga qaraganda Ore ayni damda Buyuk Britaniyada ishlash ruhsatnomasini olish ishlari bilan band.

Ta’kidlash kerakki, parijliklar Dani Alvesni o‘z tarkiblariga qo‘shib olishgach, Orega MYu bilan muzokaralar olib borishga ruhsat berishgan.

Eslatib o‘tamiz, Orega shuningdek "Arsenal" hamda "Tottenxem" kabi ingliz jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirishayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!