
"Paxtakor"ning OChLdagi raqibi haqida nimalarni bilasiz?
Xabaringiz bor OFK Osiyo chempionlar ligasi uchun mamlakatimizga bu safar ham "1+2" kvotasini ajratdi. Unga ko‘ra mamlakat chempioni - "Lokomotiv" to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichiga yo‘l olsa, mamlakat vitse-chempioni hisoblangan "Paxtakor" hamda kubok sohibi AGMK qo‘shimcha 2ta o‘rin uchun pley-off o‘yinlarini o‘tkazadi.
Endi Iroqning "Al Quva Al Javiya" ("Eyr Fors") klubi 12 fevral kuni Toshkentda Chempionlar Ligasi saralash raundida "Paxtakor" mehmoni bo‘ladi. Quyida "sherlar" matbuot xizmati tomonidan ushbu jamoa haqida to‘plangan ayrim ma’lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin.
Ushbu jamoani mahalliy mutaxassis Bosim Qosim boshqarmoqda. Ayni paytda "Javiya" 9 o‘yindan keyin 22 ochko to‘plagan holda Iroq chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Iroqda 20 jamoa 2 davralik odatiy tizimda chempionlik uchun bahs olib boradi.
4 dekabr kuni safarda "Amanat" klubiga qarshi o‘ynagan "Javiya" uchrashuv boshida Amjad Radhi tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. Navbatdagi bellashuvni "Javiya" 7 dekabr kuni uyida "Najaf" bilan o‘tkazadi.
Fikrlar