Premer Liga grandlari kimlarga suyanmoqda?

  • 13 oktabr, 2018, 16:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serxio Agueroning 25 o‘yinda 21 gol urishi «Manchester Siti»ga chempionlikni yutib olishida katta yordam bergandi. Bundan tashqari Xarri Keyn va Muhammad Saloh mos ravishda «Tottenxem» va «Liverpul»da porlashdi va turnir pog‘onasida «Chelsi»dan oldin kelishlariga zamin yaratdi. «Ko‘klar» esa ajoyib sport formasidagi hujumchilarining yo‘qligi sababli marraga to‘rtinchi bo‘lib etib kelgandi.

Tecno

Bu mavsumda Premer Liganing «kuchli oltiligi» mavsumni o‘zlarining eng mohir hujumchilari bilan safarga chiqishdi. Biroq ba’zilarida bu ish berayotgan bo‘lsa, boshqalarida bu unchalik samara bermayapti. Quyida ularning «asosiy qurollar»ini tahlil qilamiz.

Alvaro Morata («Chelsi»)

Morata bu mavsumni ancha omadliroq boshlay oldi. «Chelsi»ga «Real»dan kelib qo‘shilgan hujumchi 2017-18-yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi, ammo mavsum yakunida Premer Ligani atigi 11 ta gol bilan tugatdi. Yanvarda uning samarasizligi tufayli jamoaga Olive Jiru olib kelindi.

Ammo yangi bosh murabbiy Maurisio Sarri ham ispaniyalik hujumchiga ishonch bildirmoqda. U milliy chempionatning dastlabki to‘rt turida uni asosiy tarkibda tushirli.

Shunga qaramay, ispaniyalik hujumchi bu ishonchni oqlay olmadi, u bu uchrashuvlarda atigi bir gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Keyingi to‘rt uchrashuvda italiyalik murabbiy Jiruga imkon berdi. U «ko‘klar»ning hujum chizig‘i uchun yaxshiroq variant ekanligini isbotlashga kirishib ketdi.

Jiru ayni vaqtda londonliklarning birinchi raqamli «quroli»ga aylangan bo‘lsada Sarri kelganidan beri aynan Moratani o‘zining birinchi raqamli hujumchisi deb hisoblab kelmoqda.

Muhim statistika: Morata Premer Liganing so‘nggi 23 uchrashuvida atigi 3 gol urgan.

Romelu Lukaku («Manchester Yunayted»)

Lukaku o‘tgan oyda «Byornli» darvozasiga dubl uragan bo‘lsada uning sport formasini maqtay olmaymiz. U jamoasi kabi qiyinchilikni o‘z boshidan kechirmoqda.

«Manchester Yunayted» Premer Liganing dastlabki sakkiz turida uch bora mag‘lubiyatga uchradi va bunda Lukakuni tanqid qilishmoqda. U sport formasida ekanligida hech qanday e’tiroz bo‘lmasligi aniq, ammo belgiyalik hujumchi bundan uzoqda.

U ushbu ro‘yxatdagilardan havodagi kurash (19) bo‘yicha eng zo‘ri. Biroq Mundial tugab klubga qaytganidan beri gollar urishda muammosha uchramoqda.

Unga kuchli bosim uyushtirilayotganining yana bir sababi shuki unga boshqa raqobatchi yo‘q. Mourino Reshford va Marsyalni muqobil variant sifatida ba’zida ishlatib turmoqda.

Muhim statistika: Lukaku Premer Liganing 100 ta o‘yinida qatnashgan eng yosh ingliz bo‘lmagan futbolchi. Shundan 20 tasi MYu ga to‘g‘ri keladi.

Roberto Firmino («Liverpul»)

Braziliyalik iste’dodli hujumchining ko‘zi bilan bog‘liq muammolari ehtimol unga mavsumni yuqori notada boshlash imkoniyatini taqdim etmagandir. U barcha musobaqalarda 11 o‘yinda atigi uch gol urishga erishgan.

O‘tgan mavsumda to‘purarlik salohiyatini namoyish qilgan Saloh tufayli Firminoning gollari faqatgina bonus vazifasini bajargandi. Uning Saloh va Manega yordam berishi o‘zi gol urishidan ham muhim darajaga etgandi.

Bu safar Salohning raqamlari past darajada, shu sababli klub Firminoga ko‘proq gol urishiga umid bildirmoqda.

Muhim statistika: Firmino «Liverpul» uchun Chempionlar Ligasining 17 o‘yinida 12 gol urgan.

Harri Keyn («Tottenxem»)

Jahon Chempionatining «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritganiga qaramay, Keyn mavsumning startini tushkun kayfiyatda o‘tkazmoqda. May oyida olgan jarohatidan beri u yuqori sport formasiga chiqa olmay kelmoqda.

Angliyalik hujumchi chempionatning 5 uchrashuvida 3 gol urgan. Biroq so‘nggi yillarda uni jahon futbolining eng yaxshi hujumchisi maqomiga chiqargan sifatlari ko‘zga umuman tashlanmayapti.

Keyn o‘zining eng yaxshi formasiga tez orada qaytish ehtimoli bor. U «Brayton» va «Xaddersfild»ga qarshi muhim gollarni urgan bo‘lsa, «Barselona» darvozasiga mukammal gol kiritdi.

Agarda bu ketishda bo‘lsa, mavsum yakunida Premer Liganing «Oltin butsa»ni aynan u qo‘lga kiritishi mumkin.

Muhim statistika: O‘tgan mavsum boshidan beri Keyn 58 o‘yinda 47 gol urishga erishgan.

Aleksandr Lyakazett («Arsenal»)

Mavsum startini qiyin boshlagan hujumchi klubning dastlabki uch o‘yinida zaxirada qolib ketdi. Biroq kutilmaganda frantsiyalik hujumchi «to‘pchilar»ning muhim futbolchisiga aylanib oldi.

O‘tgan oyda Kardiffdagi g‘alabadan keyin Lyakazett har bir uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa o‘ynamoqda. «Fulxem» ustidan qozonilgan yirik g‘alabada esa u rosamanasiga porladi. U hozirgacha 535 daqiqa o‘ynab to‘rt gol va uch golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning o‘yini kuchayishi Obameyangning chap qanotga o‘tkazilishi va Lyakazett londonliklar hujum chizig‘ining muhim bo‘lagiga aylanishi ortidan sodir bo‘lmoqda.

Muhim statistika: Lyakazett Premer Liganing o‘rtacha har 134 daqiqasida gol urmoqda.

Serxio Aguero («Manchster Sti»)

Bu mavsumda argentinalik hujumchi barcha uchrashuvlarni qo‘shib hisoblaganimizda 11 o‘yinda 8 gol urib bo‘ldi. Bu ketishda u klubdagi eng samarali mavsumidagidan ham ko‘proq gol urishi mumkin. 2016-17-yilgi mavsumda Aguero 33 gol urishga erishgandi.

Argentinalik hujumchi dastlabki turda «Xadderfild» darvozasiga xet-trik kiritib bu mavsumda aynan u klubning birinchi raqamli hujumchisi bo‘lishni niyat qilganini ko‘rsatib qo‘ydi.

Jezusning sport formasini yo‘qotib qo‘yishiga Aguero jamoasining muvaffaqiyatlariga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!