Premer Ligada muvaffaqiyat nima degani?
Siz turnirni kuchli to‘rtlikda yakunlashingiz kerak. Sovrin yutishingiz shart. Chempionlikni ham. Rivojlanish. Shunday emasmi? Bu o‘ylanganidan oson ish emas. Taniqli futbol eksperti Deniel Stori bugungi kunda Premer Ligada muvaffaqiyat nima deganini tushuntirib berishga harakat qildi.
Evropa futbolida chempionlikka ega chiquvchi jamoalar soni barmoq bilan sanarli. Masalan, Germaniyada Niko Kovachning «Bavariya»si tushkunlik davrini o‘tkazayotganiga qaramay yakunda o‘zining navbatdagi – ettinchi sovrinini yutishi mumkin. Italiyada «Yuventus» sakkizinchi Skudettosini qo‘lga kiritishi hozirdanoq aniq. 1 Ligada «Monako» bir nimalar qilmoqchiga o‘xshab ko‘rinmoqda, ammo «PSJ» so‘nggi etti yilda olinchi sovriniga ega chiqsa kerak. Ispaniyada esa ikkita, ha ikkita gegemon jamoa bor. «Real» va «Barselona» La Liganing so‘nggi 14 mavsumining naq 13 tasida boshqa klubga chempionlikni berib qo‘ymagan. Chempionlar Ligasining so‘nggi 10 mavsumining ettitasini aynan shu ikki jamoa yutib olgan.
Premer Ligada esa barchasi boshqacha. Bu mavsumda chempionlik uchun naq uchta jamoa kurashmoqda. So‘nggi uch mavsumda esa uchta klub chempionlikka ega chiqdi. Bu albatta futbolga pozitivlik bag‘ishlaydi. Ular orasida «Lester»ning qahramonligi alohida tahsinga sazovor.
Ushbu mavsumda Premer Liganing «kuchli oltiligi» qolganlardan ehtimoliy 126 ochkodan 109 tasini olishga erishdi. Bunga «Manchester Yunayted»ning o‘yini qovushmayotgani ta’sir qilgan. Agarda Evropada chempionlik uchun kurashadigan kuchliroq musobaqa bor bo‘lsa bu TV translyatsiyalari shartnomasi ortidan tushadigan pullar evaziga yuz berishi mumkin. Premer Liga chempionat ichidagi chempionatni hosil qilgan.
Biroq bu uzoq muddatda ancha pasayishga uchragan. So‘nggi 20 yil ichida sakkizta turli klublar Premer Liga yoki Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan. Bular: «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Siti», «Liverpul», «Lester», «Portsmut» va «Uigan». 20 yillikdan oldin bunday jamoalar soni 11 tani tashkil qilgan. Undan ham oldin esa naq 17 jamoa buni uddalagan.
Bu alohida e’tiborga molik xabar. Biroq Premer Ligada muvaffaqiyat bugungi kunda qanday ma’no kasb etmoqda?
G‘alaba qani?
Maurisio Pochettino bu savolimizga ajoyib namuna bo‘ladi. U klub boshqaruviga kelganidan beri «Tottenxem» Premer Liga jamoalari orasida ochko to‘plash bo‘yicha 3-bo‘lgan. Ularning transferlarga sarflagan mablag‘i – 29 million funtni tashkil qiladi. «Manchester Siti», «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» o‘rtacha 58 million funtdan sarflashgan.
Buning yomon tomoni shundaki ijtimoiy tarmoqlarda barcha Pochettino muvaffaqiyatli deb hisoblamoqda. Biroq u murabbiy sifatida hali birorta sovrin yutganicha yo‘q. «Espanol»dagi ikki yil, «Sautgempton»dagi bir yil va «Tottenxem»dagi to‘rt yil davomida hech qanday sovrin yutmagan.
Bu uning rezyumesidagi «qora chiziq» hisoblanadi. Biroq «taqachilar» bu mavsumda Angliya Kubogini yutganiga qaramay kuchli to‘rtlikdan tushib qolsa, uning mavsumi omadsiz bo‘ldi deb atalishi aniq.
Ko‘pchilik uchun muvaffaqiyat turlicha ma’no kasb etadi. Ba’zilari uy o‘yinida «Real Madrid»ni yutishni muvaffaqiyat deb bilsa, boshqalar yana qanaqadir g‘alabalarni e’tiborga olishadi.
Yillar davomida Arsen Venger «Arsenal»ni kuchli to‘rtlikda olib yurdi. U buni klub yangi uy stadion qurayotgani tufayli imkoniyatlari chegaralanib qolganiga qaramay uddaladi. Muxlislarning u tomon yo‘naltirilgan tanqidlari «to‘pchilar» har yili Chempionlar Ligasidan chiqib ketaverishi va kuchli to‘rtlikdan tushib qolishi ortidan sodir bo‘ldi.
Vengerning tajribasi shuni ko‘rsatmoqdagi Pep Gvardiola bu yil Premer Ligani egallaganiga qaramay Chempionlar Ligasi bosh sovrinini yuta olmasa mavsum omadsiz bo‘lgan hisoblanadi.
Agarda «Tottenxem» kuchli to‘rtlikka kira olmasa yana shu gaplar aytiladi. Agarda Unay Emeri ilk mavsumidayoq klubni Chempionlar Ligasiga olib chiqa olmasa mavsum barbod bo‘lgan bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda muvaffaqiyatning ma’nosi turlicha va turli sharxlarga ega.
Fikrlar