Pulishich "Chelsi" tarixidagi eng qimmat transferlar uchligiga kirdi
Avval xabar berganimizdek “Borussiya” Dortmund yarim himoyachisi Kristian Pulishich 64 mln evro evaziga “Chelsi”ga ko‘chib o‘tdi.
E’tiborlisi, 20 yoshli AQShlik futbolchi shu tariqa “aristokratlar” tarixidagi eng qimmat transferlar uchligiga kirdi. Undan oldinda faqatgina Alvaro Morata (66 mln) va Kepa Arrisabalaga (80 mln) bor.
Ma’lumot uchun, Pulishich joriy mavsum dortmundliklar safida jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar