Rafael Nadal "Mutua Madrid Open" turnirida qirolga aylanmoqda
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal "Mutua Madrid Open" turnirida frantsiyalik Gael Monfisga qarshi kortga chiqdi.
Rafael ushbu o‘yinda Gaelni dastlabki setda 6:3 hisobida, ikkinchi setda esa 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Nadal uchinchi davrada hamyurti Felisiano Lopes, yoki argentinalik Diego Shvartsmanga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar