
"Real" La Ligada noyob rekord o‘rnatdi
Xabaringiz bor “Real” kecha La Liganing 23-turida hamshahari “Atletiko” (3:1) ustidan muhim g‘alabaga erishdi.
E’tiborlisi, bu “qirollik klubi”ning Ispaniya Primerosida safarda qo‘lga kiritgan 600-g‘alabasi bo‘ldi. “Real” ushbu natijaga erishgan ilk jamoaga aylandi.
Bu borada “Real”ning eng yaqin ta’qibchilari "Barselona" (551) va "Atletiko" (408) hisoblanadi.
Fikrlar