Regbichilarimizni Osiyoda e’tirof etishdi
O‘zbekiston regbi federatsiyasi vitsa-prezidenti Rustam Nabiev Osiyo regbi birlashmasining « Eng irodali regbichisi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
--- Avvalambor chin yurakdan Osiyo regbi birlashmasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman- deydi Rustam Nabiev.
--- Men uchun regbi nafaqat oddiygina sport turi balki hayotimning mazmuni hisoblanadi. Regbi bu jamoaviy o‘yin, shuning uchun mening bu yutug‘im O‘zbekiston regbi federatsiyasining ham yutug‘i hisoblanadi. Ishonamanki, bu g‘alaba barchamizga yurtimizda regbi sport turini yanada rivojlantirish va uni yanada targ‘ib qilishimizda ulkan kuch bag‘sh etadi.-deydi Nabiev
Fikrlar