Richardas Berankis to‘qqizinchi g‘alabasiga erishdi
Litvalik tennischi Richardas Berankis Frantsiyada o‘tgan "Chellenjer" musobaqasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
U musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida mezbon tennischi Konstan Lestenn bilan kuch sinashdi va 6:2, 5:7, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Berankis ushbu g‘alabasi bilan "Chellenjer" musobaqalarida to‘qizzinchi marotaba g‘olib chiqdi va 6190 Evro pul mukofoti va 80 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Fikrlar