Rojer Federer ATP musobaqalarida 100 sovrinini qo‘lga kiritdi
Biroz avval shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Dubay shahrida o‘tgan ATP musobaqasining bosh sovrinin qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Shu tariqa, 37-yoshli tennischi faoliyatidagi ATR musobaqalarining yuzinchi sovriniga ega bo‘ldi.
Federer ATR sovrinlarini jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi pog‘onaga chiqib oldi. Ushbu jadvalda amerikalik Jimmi Konnors 109 ta bosh sovrin bilan birinchi o‘rinda turibdi.



Fikrlar