
"Rolan Garros": Yosh tennischimiz ikkinchi davrada
Xaringiz bor Frantsiyaning Parij shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarning asosiy to‘rida Sergey Fomin mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
U dastlabki davrada chexiyalik Ondrey Stilerni 6:2, 3:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va ikkinchi davrada amerikalik Tristan Boerga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Tennischimiz shuningdek, juftlik bahslarida xitoylik sherigi Tao Mu bilan ishtirok etmoqda. Ular musobaqadagi ilk uchrashuvini argentinalik Fakudo Diaz va Tiago Agustinga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar