
Ronaldu Allegriga garovda yutqazib qo‘ydi
"Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegriga garovda yutqazib qo‘ydi.
Unga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchi italiyalik mutaxassisga A Seriyaning joriy mavsumida barcha penaltilarni aniq amalga oshirishini aytgan. O‘z navbatida Allegri esa uning bu so‘zlariga qarshi chiqqan holda, uning kamida bitta penaltini amalga oshira olmasligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu A Seriyaning o‘tgan turida “Kevo”ga qarshi o‘yinda 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi. Shu tariqa ushbu garovda Allegrining qo‘li baland keldi.
Fikrlar