Rossiya terma jamoasi o‘z tarkibini e’lon qildi
21-22 aprel kunlari "Federatsiyalar kubogi"da Rossiya va Latviya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Ushbu o‘yinda Rossiya sharafini himoya qiluvchi tahmini tarkib e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Anastasiya Pavlyuchenkova, Elena Vesnina, Ekaterina Makarova hamda katta ehtimol bilan Anastasiya Potapova Latviyaga qarshi o‘yinda kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Rossiya terma jamoasi sardori Anastasiya Miskina o‘z o‘rnini bo‘shatgan edi.
Fikrlar