Rustam Ashurmatov: O‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz

  • 16 avgust, 2018, 19:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uchrashuv yakunlangach terma jamoamiz a’zosi Rustam Ashurmatov ham uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

«O‘zbekistondan tashrif buyurgan ko‘plab ommaviy axborot vositalari xodimlarini ko‘rib juda xursand bo‘ldik. Buni kutmagandik. Hammangizga alohida rahmat aytib o‘tmoqchimiz. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, bahs bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. O‘yin davomida o‘ylab qo‘ygan rejalarimizni amalga oshirdik. Navbatdagi uchrashuvlarda ham shu tempda harakat qilamiz va o‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz», – dedi futbolchi.

Qayd etib o‘tish lozimki, ushbu g‘alaba orqali futbolchilarimiz muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal qila olishdi. Terma jamoamiz guruhdagi so‘nggi uchrashuvni 19 avgust kuni Tayland terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!