Sabina Sharipova Turkiyada omadsizlikka uchradi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova Turkiyaning Istanbul shahrida tashkillashtirilgan turnirda ishtirok etmoqda.
Bugun tennischimiz yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida ruminiyalik Jorjiana Serbanga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 38 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda hamyurtimiz 4:6, 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, Sharipova ushbu turnirdagi yurishiga yakun yasadi.

Fikrlar