Sanjar Chexiyadagi turnirni g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev bugun Chexiyaning Pardubitse shahri mezbonlik qiladigan “Brno Open” turniridagi ishtirokini boshladi.
Imkoniyati yuqori baholangan O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi ertaga kortga chiqadi
Xalqaro Tennis Federatsiyasi(ITF) taqvimidan o‘rin olgan mazkur turnirning asosiy to‘ri ilk bosqichida mezbon tennischisi Robin Stanek hamyurtimizga raqiblik qildi.
1 soat 35 daqiqa davom etgan o‘yinda Sanjar 6:4, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirning ikkinchi raketkasi sanalgan Sanjar ikkinchi bosqichda avstriyalik Nenad Vladushich bilan bahs yuritadigan bo‘ldi.


Fikrlar