Saul Alvares sentyabrda ringga qaytadi

  • 01.05.2018 17:45
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikki vazn toifasining sobiq jahon chempoini meksikalik Saul “Kanelo” Alvares (49-1-2, 34KO) qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga (37-0-1, 33KO) qarshi revansh jang oldidan taqiqlangan modda (klenbuterol) qabul qilib, yarim yilga boksdan diskvalifikatsiya qilingan edi.

Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi rahbari Oskar De La Xoyyaning so‘zlariga ko‘ra, meksikalik bokschi sentyabrda ringga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, Golovkin va “Kanelo” revansh jangi aprel oyi boshida meksikalik bokschi tomonidan bekor qilingan edi. Endi Golovkin 5 may kuni Karsondagi (Kaliforniya shtati, AQSh) “StubHub Center” arenasida amerikalik Vanes Martirosyan (36-3-1, 21KO) bilan uchrashadi.

Alvaresning diskvalifikatsiya muddati 17 avgustda yakuniga etadi. De La Xoyya so‘zlariga ko‘ra, meksikalik sportchi sentyabrda ringga qaytadi va Golovkin bu jangga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!