Sergey Fomin Toshkentda ham o‘zini ko‘rsatmoqda
Poytaxtimizda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar va qizlar o‘rtsida "NBU Cup" turniri o‘tkazilmoqda.
"G3" turkumiga kiruvchi musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda iste’dodli tennischimiz Sergey Fomin ruminiyalik Aleksander Gimani 6:0, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Yana bir yosh tennischimiz Bekzod Rasamatov esa polshalik Mishel Vozniyak ustidan 3:6, 7:6, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Musobaqaning birinchi davra bahslari davom etmoqda.

Fikrlar