“Sevilya”ning niyati jiddiy-mi?!

  • 21 dekabr, 2016, 23:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning ayni damda “Sevilya”da ijara asosida to‘p surayotgan frantsiyalik futbolchisi Samir Nasri kelajakda La Liga vakilining qonuniy futbolchisiga aylanishi mumkin.

Tecno

Andalusiyaliklar tarkibidagi yorqin o‘yini sabab “Sevilya” rahbariyati Nasrining transfer huquqini “shaharliklar”dan to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda. Ular 29 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun “Manchester Siti”ga tahminan 25 million evro taklif qilishmoqchi.

Eng muhimi esa Nasrining o‘zi “Sevilya”da juda ham baxtli va u faoliyatini shu jamoada davom ettirishga qarshi emas. U xattoki kamroq maosh evaziga ham Ispaniyada qolishga rozi.

Eslatib o‘tamiz, “Sevilya” Nasrini “Manchester Siti”dan faqat bir mavsumga ijaraga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!