Shahobiddin Zoirov finalda “Uzbek Tigers” a’zosini mag‘lub etdi
Termizda o‘tayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati final bellashuvlari davom etmoqda. Uzoq tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytgan Rio-2016 g‘olibi Shahobiddin Zoirov 56 kg vazn toifasida ishtirok etdi.
Buxorolik bokschi finalda “Uzbek Tigers” jamoasi a’zosi Abdulhay Shoarahmatovdan ustun keldi va O‘zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, uchinchi o‘rin o‘tkazilgan qarama-qarshilikda boshqa bir “Uzbek Tigers” bokschisi Abrorjon Qodirov farg‘onalik Mirazizbek Mirzahalilovni mag‘lub etishning uddasidan chiqdi.
Final janglari davom etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting.
Rasmlar O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan olindi.

Fikrlar