Shahzod polvon bronza medal uchun kurashadi
Gruziyadagi Gran-pri turnirida ishtirok etayotgan Shahzodbek Sobirov bronza medalga da’vogar qilmoqda.
90 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqayotgan hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun kurashda rossiyalik Stanislav Retinskiy bilan kuch sinashdi. Bu bahsda omad rossiyalik dzyudochi tomonida bo‘ldi va hamyurtimiz ikkita ogohlantirish evaziga va vazari bahosi evaziga mag‘lub bo‘ldi.
Shunday bo‘lsa-da, Shahzodbek uchinchi o‘rin uchun kurashni davom ettiradi va slovakiyalik Peter Jilka bilan raqobatlashadi.

Fikrlar