
"Sharja" Prezident kubogi yarim finaliga chiqdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyat olib boradigan "Sharja" jamoasi bu bosqichda "Emireyts"ni qabul qildi. Uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi (1:1) va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi.
Ekstra taymlarning dastlabkisida esa mezbonlar ikkinchi golni kiritishdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Shukurov odatdagidek bellashuvni asosiy tarkibda boshladi.
BAA Prezidenti kubogi. Chorak final
"Sharja" - "Emireyts" 2:1.
Fikrlar