Shkrinyar "Inter"dan ko‘proq maosh talab qilmoqda

  • 07.11.2018 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi slovakiyalik himoyachi Milan Shkrinyar bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli futbolchi “neradzurrilar”dan yiliga 3,5 mln evro maosh talab qilmoqda, klub esa unga 2,7 mln evro taklif qilmoqda.

Qayd etish lozimki, Shkrinyarning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Unga ayni damda “Manchester Yunayted” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Shkrinyar joriy mavsum “Inter” safida jami 12ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!