Shohruz yarim finalga chiqdi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 20-jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruz Rahimov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
91 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbek bokschisi chorak finalda Angliya vakili Lyuis Uilyams bilan kuch sinashdi. Uchrashuv hamyurtimiz ustunligida o‘tdi. Keskin va murosasiz bellashuvda 4:1 hisobida zafar quchgan Shohruz Rahimov yarim finalda qatnashadigan bo‘ldi.
Shohruz finalga chiqish uchun rossiyalik Vladimir Uzunyan bilan bellashadi.
Jahon chempionatida 75 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan hamyurtimiz Shohruh Rustamov esa germaniyalik Vezir Agirmanga yutqazib, musobaqadan chiqib ketdi.
Fikrlar