Shunchaki dahshat! Favrning "Borussiya"sini to‘xtatib bo‘lmayapti
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Dortmundning “Borussiya” klubi shu kuni o‘z maydonida “Atletiko”ni qabul qildi va raqib darvozasiga javobsiz 4ta to‘p yo‘llab g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, Lyusen Favr boshchiligidagi jamoa shu tariqa mavsumdagi 12-o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchramadi. Ularning 10tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 2tasida durang o‘ynadi. Dortmundlik futbolchilar ushbu o‘yinlarda raqiblari darvozasiga jami 37ta gol urishga erishishdi va o‘z darvozalaridan bor yo‘g‘i 4ta gol o‘tkazib yuborishdi.
Eslatib o‘tamiz, Favr “Borussiya”ni mavsum boshida o‘z qo‘liga olgan edi.

Fikrlar