Shveytsariya kortlari Istominga omad keltirmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Shveytsariyaning Gshtaad shahrida ATP turkumidan o‘rin olgan turnir davom etmoqda.

Bugun ushbu turnirning ikkinchi davra o‘yinlariga start berildi. O‘zbekistonning birinchi raketkasi ikkinchi davrada germaniyalik Dastin Braun qarshiligini engib o‘tdi – 6:3, 6:1.

Istominga nemis tennischisini yutishi uchun 41 daqiqa kifoya qildi. Qayd etish joiz, ilk davrda hamyurtimiz italiyalik tennischini 56 daqiqada mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!