Shyurrle “Borussiya” Dortmund qarorgohini tark etdi, u APLga qaytishi mumkin
Dortmundning “Borussiya” klubi forvardi Andre Shyurrle jamoa bazasini tark etdi. U tez orada boshqa jamoaga o‘tadi.
“Bu borada aniq muzokaralar ketmoqda”, - deya izoh bildirdi dortmundliklar sport direktori Mixael Tsork. Uning so‘zlariga ko‘ra Shyurrle klub bilan amaldagi shartnomasini bekor qilish haqida muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra Shyurrle katta ehtimol bilan Angliya premer-ligasi klubiga o‘tadi.

Fikrlar