"Signal Iduna Park"da gollar shousi (video)

  • 26.08.2018 23:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina Germaniya Bundesligasi 1-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmund" hamda "RB Leyptsig" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

1-daqiqada Jan-Kevin Ogyusten mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 21 daqiqa o‘tib, Dovud muvozanatni tikladi. Mezbonlar safida Aksel Vitsel va Marko Royslar ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. Yana bir gol esa avtogol sifatida "RB Leyptsig" himoyachisi Marsel Zabittser hisobiga yozildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!