Simona Xalep: Agneshka juda aqlli qiz

Ruminiyalik tennischi Simona Xalep "Miami open - 2018" turnirida polshalik Agneshka Radvanskaga qarshi o‘tadigan o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Agneshka bilan o‘tadigan o‘yin hech qachon oson bo‘lmagan. U juda aqlliy o‘ynaydi. Unga qarshi tajuvuskor o‘yin ko‘rsatish kerak, so‘nggi uchrashuvda tezkor o‘yin ko‘rsatganman va unga bu o‘yin uslubi juda to‘g‘ri kelgan.

O‘yinga tayyorman hamda o‘zimga bo‘lgan ishonchimni yo‘qotganim yo‘q. Men o‘z o‘yinimni kundan-kunga yaxshilamoqdaman", - deydi Simona.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!