Simona Xalep Ispaniya tarixiga kirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Madridda o‘tayotgan turnirning uchinchi davrasida chexiyalik Kristina Plishkovani  6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Simona "Mutua Madrid Open" turnirining chorak finalida amerikalik Sloan Stivens va chexiyalik Karolina Plishkova uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Shu tariqa, Simona Xalep mazkur g‘alabadan so‘ng "Mutua Madrid Open" turnirida jami 15 marta g‘alaba qozongani bilan musobaqa tarixiga kirdi. Eslatib o‘tamiz Simona ushbu turnirda  2016 va 2017 yillarda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!